Kompani boshqaruvidagi "Anderlext" ishonchsiz natijalar qayd etmoqda

  • 29 sentabr, 2019, 20:30
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Belgiya chempionatining 9-turida "Anderlext" "Vasland-Beveren" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Vensan Kompani boshchiligidagi Bryussel klubi barcha turnirlarda 10 ta uchrashuv o‘tkazib, bor-yo‘g‘i 2 ta g‘alaba qozondi. Avvaliga Belgiya chempionati doirasida "Standart" klubini 1:0 hisobida va keyinchalik Belgiya kubogida qo‘shimcha bo‘limarda urilgan gol "Anderlext"ga "Bersxot Vilreyk" jamoasi ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabani keltirdi.

Shu qatorda, Kompanining jamoasi hisobida 3 ta durang va 5 mag‘lubiyat bor. Klub 6 ochko bilan Belgiya chempionatining 13-pog‘onasidan joy olib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!