
Kompani Gvardioladan so‘ng bu ishni uddalagan birinchi murabbiy bo‘ldi
Bugun “Bavariya” Germaniya Bundesligasining 4-turida safarda “Verder”ni mag‘lub etdi. O‘yin 5:0 hisobida myunxenliklarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
E’tiborlisi, ushbu g‘alaba bosh murabbiyi Vensan Kompaniga Xosep Gvardioladan keyin Bundesliganing safardagi dastlabki uchta o‘yinida g‘alaba qozongan "Bavariya"ning birinchi murabbiyga aylanish imkonini berdi.
Avvalroq “Bavariya” mehmonda “Xolshtayn Kil” (6:1) va “Volfsburg”ni (3:2) mag‘lubiyatga uchratgan edi. To‘rt turdan keyin Kompani boshqaruvidagi jamoa 12 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
“Bavariya” navbatdagi turni o‘z maydonida amaldagi chempion hisoblangan "Bayer"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bag‘s 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar