Kompaniya: «Biz barcha unvonlarni qo‘lga kiritmoqchimiz»
Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya Superkubogi ahamiyati haqida fikr bildirdi.
«Men sovrinlarni muhim yoki unchalik muhim emas, deb ajratmayman. Oxir-oqibat, biz barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni istaymiz. Ertaga biz uchun final kutyapti», — deya Kompani so‘zlarini nemis klubi matbuot xizmati keltirgan.
Shanba kuni, 22 avgust sanasida, Germaniya Superkubogi uchun bahs doirasida «Bavariya» Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 23:30 ga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda «Bavariya» «Borussiya» ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar