
KONKAKAF kubogi. Dos Santosning yagona goli Meksikaga chempionlikni taqdim etdi
Hozirgina Shimoliy Amerika kubogining (KONKAKAF) final uchrashuvi yakunlandi. Hal qiluvchi bahsda mezbon AQSh terma jamaosi qo‘shnilari hisoblangan meksikalik futbolchilarga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuv taqdirini esa 73-daqiqada Dos Santos tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi.
Shu tariqa Meksika terma jamoasi o‘z tarixida 8-marta qit’a kubogida zafar quchdi.
Meksika –AQSh 1:0 (0:0, 1:0)
8 iyul, 06.00, «Soldir Fild»
Gol: 1:0 – 73 Dos Santos.
Meksika – Ochoa, Moreno, Salsedo, Rodriges, Alvares, Guardado (Reyes, 89), Galyardo, Pisarro (Rodriges, 81), Dos Santos, Antuna (Alvarado, 86), Ximenes.
AQSh – Steffen, Kennon, Myazga, Long, Rim (Lovitts, 83), Makkenni, Pulishich, Bredli, Arriola, Altidor (Zardes, 64), Morris (Roldan, 61).
Fikrlar