
Konkurchilarimiz Rossiyada 6 ta medalni qo‘lga kiritdi
Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Maxima masters” turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli bellashuvlar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Oltin medal:
125 sm (to‘siq balandligi): Bekzod Qurbonov
150 sm: Bekzod Qurbonov
Kumush medal:
Jamoaviy dastur
150 sm: Bekzod Qurbonov
Bronza medal:
110 sm: Bahromjon Gaziev
125 sm: Bekzod Qurbonov
Bu haqda MOQ xabar bermoqda.
Fikrlar