Konor Makgregor amerikalik boks yulduzlari o‘rtasida jang tashkil qilishga chaqirdi
Ikki divizionda UFC sobiq chempioni Konor Makgregor amerikalik yulduzlar - Mayk Tayson va Floyd Meyvezer o‘rtasida boks jangi o‘tkazishga chaqirdi.
"Men juda hayajondaman. Bilasizmi, nega? Maykning formasi hamon ajoyib ko‘rinmoqda. U oxirgi marta 2018 yilda Dublinda bo‘lganiga etti yil bo‘ldi va men u bilan o‘shanda tanishganman. Sizga bir narsani aytaman, u yutqazmaydi. Floyd mag‘lub bo‘ladi. Keling, ushbu jangni tashkil etaylik!" - deya irlandiyalikning so‘zlarini keltirdi "Bloody Elbow".
Eslatib o‘tamiz, Taysonning rekordida 50 ta g‘alaba va 4 ta mag‘lubiyat mavjud. Meyvezer esa professional faoliyatida davomida ellik bor ringga ko‘tarilib, barcha raqiblarini taslim etgan.
Fikrlar