
Konor MakGregor keyingi jangida g‘alaba qozonsa, kamarga da’vogar bo‘la oladimi?
Yarim o‘rta vazn (77 kg) toifasidagi UFC jangchisi Shavkat Rahmonov(18-0) mashhur irlandiyalik jangchi Konor MakGregor(22-6) keyingi jangida g‘alaba qozonsa ham, chempionlikka da’vogar bo‘la olmasligini ta’kidladi.
"To‘g‘risini aytsam, Konor yana jang qiladi, deb o‘ylamagandim. U anchadan beri mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo hozircha oktagonga qayta olmadi. Menimcha, uchta jangda bitta g‘alaba qozongan jangchiga chempionlik imkoniyati berilmaydi. UFC eng yaxshi va adolatli promoushen, shuning uchun ular hammasini to‘g‘ri qilishiga ishonaman”, – deb Shavkatning so‘zlarini keltirdi Bloody Elbows portali.
Fikrlar