Konor Makgregor video o‘yindan olib tashlandi

  • 26 noyabr, 2024, 14:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

"Hitman: World of Assassination" ning ishlab chiquvchilari sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregorni o‘yindan olib tashladi. Bu haqda o‘yinga egalik qiluvchi "IO Interactive" kampaniyasi matbuot xizmati e’lon qildi. 

“Konor Makgregorga oid yaqinda o‘tkazilgan sud va uning qarori sababli "IO Interactive" sportchi bilan hamkorlikni darhol bekor qiladi. Biz bu masalaga juda jiddiy qaraymiz va uning oqibatlarini e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Shu bois, bugundan boshlab biz irlandiyalik jangchi aks etgan barcha kontentni do‘konlarimizdan o‘chirib tashlaymiz”, — deyiladi kampaniya matbuot xizmati bergan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Makgregor 2018 yilning dekabr oyida Dublinda do‘sti Jeyms Lourens bilan birga Nikita Ni Laimxin ismli ayolga jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblangandi. Sud jarayonida Konor jinsiy aloqani inkor etmadi, lekin hamma narsa kelishuv asosida bo‘lganini ta’kidladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!