
Konor: Pore sening keyingi raqibing Neyt Dias
UFC sobiq chempioni Konor MakGregor UFC 236 turniri natijalari borasida o‘z fikrini bildirdi.
- Ajoyib bellashuvlarning guvohi bo‘ldik. Shunday bahslar ko‘proq tashkillashtirilishini xohlardim.
Maks sen kuchli jangchisan, ammo xozir dam olishing darkor. Dastinni esa g‘alaba bilan tabriklayman, sening keyingi raqibing Neyt Dias bo‘lishini umid qilaman, - deb yozib qoldirdi Konor o‘zining tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq, promoushen prezidenti Dana Uayt Porening keyingi raqibi Xabib Nurmagomedov bo‘lishi mumkinligi haqida e’lon qilgandi.
Fikrlar