Konte: Ayni payt APLda "yovvoyi hayvonlar", hamda "Arsenal" va "Tottenxem" bor

  • 12 may, 2022, 20:52
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya Premer-ligasidagi hozirgi vaziyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Premer-ligadagi vaziyat aniq. Hozirda APLda "yovvoyi hayvonlar" (Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi" nazarda tutilmoqda - tahririyat), hamda "Tottenxem" va "Arsenal" bor. Balki bu ro‘yxatga "Manchester Yunayted"ni ham qo‘shishimiz mumkin edi, ammo "qizil iblislar"ning hozirgi holatidan kelib chiqsak, APLda ayni paytda vaziyat shunday, - deya Konte so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.

Murabbiyning qo‘shimcha qilishicha, "Tottenxem"ga chempionlikni qo‘lga kiritish uchun vaqt va sabr kerak.

- Vaziyatni yozgi transfer oynasida yoki bir mavsumda o‘zgartirish mumkin deb o‘ylamayman. Siz realistik bo‘lishingiz kerak, - deya qo‘shimcha qiladi italiyalik mutaxassis.

Bugun, 12 may kuni "Tottenxem" APLning 22-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Arsenal" bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Londondagi "Tottenxem"ning uy stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Premer-ligadagi 35 o‘yindan so‘ng, "shporlar" 62 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. "Arsenal" esa 66 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!