Konte "Brayton"ga qarshi bahsda "Tottenxem"ga yordam bera olmasligi mumkin

  • 13 aprel, 2022, 23:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Kontening koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija ko‘rsatgan. Bu uning virus yuqtirib olganini anglatadi. 

Shu sababli, italiyalik mutaxassis karantinga olingan. U shanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Brayton"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.

Biroq "Tottenxem" shifokorlarining ma’lum qilishicha, murabbiy shanba kuniga qadar virusdan tuzalishi ham mumkin. Agar Kontening holati yaxshilanmasa, u uchrashuvni yolg‘iz o‘zi ekran qarshisida ko‘rishga majbur bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, "shporlar" ayni payt APL turnir jadvalida 31 o‘yindan so‘ng 57 ochko to‘plagan holda, 4-o‘rindan joy egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!