Konte "Inter"dagi sobiq shogirdini "Tottenxem"ga olib kelmoqchi

  • 24.12.2021 12:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" klubining markaziy himoyachisi Stefan de Vrey faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Rai Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Uni shaxsan "shporlar" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoa tarkibida ko‘rishni istamoqda. Aytish kerakki, ular o‘z vaqtida "neradzurrilar" safida birga faoliyat yuritishgan.

De Vrey joriy mavsum "Inter" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!