Konte kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarga 3 kunlik dam berdi
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasida “Uotford”ga qarshi bahsda uchralgan 1:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilarga 3 kunlik dam berdi.
ESPN FC xabariga ko‘ra, u futbolchilar 3 kun davomida mag‘lubiyat va charchoqni unutishga xizmat qilishidan umidvor.
Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” bundan oldingi turda o‘z maydonida “Bornmut”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar