
Konte “Manchester Yunayted”ga futbolchi tanlay boshladi
“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsherga so‘nggi imkoniyatni berdi. Agar norvegiyalik mutaxassis uchta uchrashuvda vaziyatni o‘nglay olmasa, iste’foga chiqariladi.
Uning o‘rnini katta ehtimol bilan Antonio Konte egallashi mumkin. “Inter”ni chempion qilgan murabbiy manchesterliklarga ustozlik qilish maqsadini yashirmayapti va shuning uchun ham “Nyukasl”dan bo‘lgan manfaatli taklifni rad etdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, italiyalik mutaxassis “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olsa, islohotlarni himoya chizig‘ini mustahkamlashdan boshlaydi. U birinchi bo‘lib, “Inter”dagi shogirdi Stefan de Vreyni xarid qiladi.
Gollandiyalik himoyachi joriy mavsumda 12 ta uchrashuvda qatnashib, himoyada ishonchli o‘ynashdan tashqari raqib darvozasiga bitta gol urishni ham uddaladi.
“Inter” bu futbolchini 50 million evroga baholamoqda. Bu narx “Manchester Yunayted”ga u qadar katta muammo tug‘dirmaydi.
Fikrlar