
Konte Perishich o‘rniga "Chelsi"dagi sobiq shogirdini olib kelmoqchi
“Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich yanvarda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
“Neradzurrilar” ustozi Antonio Konte 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi o‘rniga “Chelsi”dagi sobiq shogirdi Markos Alonsoni olib kelmoqchi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agent Fali Ramadani ayni damda Alonsoning transferi ustida ish olib bormoqda.
Perishich joriy mavsum A Seriyada 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 29 yoshli Markos Alonso APLda bor yo‘g‘i uch o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar