Konte Xoylundning o‘sishi haqida: "U juda katta qadam tashladi"
"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan hujumchi Rasmus Hoylundning jamoadagi rivoji haqida fikr bildirdi.
— Rasmus kelgan paytdan beri juda katta o‘sishga erishdi. U hali 22 yoshda, biz unda ulkan salohiyatni ko‘rdik.
Albatta, bunday futbolchilarni ularni yaxshilay oladigan, jamoa uchun o‘ynashni o‘rgatadigan, to‘g‘ri pozitsiya tanlashni ko‘rsata oladigan mutaxassislar tayyorlashi kerak. Qachon to‘p uchun ochilish, qachon bo‘sh hududga hujum qilishni anglatish muhim.
Bizning vazifamiz — barcha futbolchilarni doimiy ravishda rivojlantirish va ularni jamoaga qo‘shilgan paytdagidan ham yaxshiroq darajaga olib chiqish, — dedi Konte.
Fikrlar