Konte yozda "Inter"ga olib keladigan 3 ta futbolchi kim?

  • 14 may, 2020, 17:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte mavsumlar oralig‘ida sotib olinadigan futbolchilar ro‘yxatini aniq qilib oldi.

Tecno

Sky Sport Italia tarqatgan xabarga ko‘ra, "neradzurrilar" 3 ta futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ygan. Bular hujumchilar Edinson Kavani (PSJ) va Dris Mertens ("Napoli") hamda yarim himoyachi Arturo Vidal ("Barselona").

Urugvaylik va belgiyalik hujumchilar “Inter” safida ijarada o‘ynayotgan MYu forvardi Aleksis Sanches va “Barselona”ga ketishi kutilayotgan Lautaro Martines o‘rnini egallashi mumkin.

E’tiborlisi, Kavani va Mertens yozda erkin agentga aylanishadi. Vidalning transferi esa 11 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!