Konte yozda "Tottenxem"dan ketishi mumkin

  • 17 yanvar, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Antonio Konte yozda o‘z lavozimini tark etishi mumkin.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati jamoaning hozirgi holatidan xavotirda. Shu sababli italiyalik mutaxassisning “shporlar” boshqaruvidagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 53 yoshli murabbiyning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq kelishuv o‘z ichisha yana bir mavsumga uzaytirish variantini ko‘zda tutadi. Shundan kelib chiqib, agar jamoaning natijalari o‘zgarmasa, klub u bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortishi mumkin.

Ma’lumot uchun, "Tottenxem" 19 turdan so‘ng premer-liga musobaqa jadvalida 33 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!