Konya-2021. Barcha para suzuvchilarimiz saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

  • 7 avgust, 2022, 14:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Bundan biroz avval Konyada bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarining para suzish musobaqalarida erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha 3 nafar hamyurtimiz – Azizbek Boynazarov, Sultonbek Nuriddinov hamda Abdulaziz Xayrullaev saralashda ishtirok etdi.

Tecno

E’tiborlisi, vakillarimiz saralash bahslarida kuchli uchlikdan joy olishdi. Jumladan, Azizbek Boynazarov 01:10,98 soniya natija bilan 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sultonbek Nuriddinov 01:13,74 soniya qayd etib, marraga 2-bo‘lib etib keldi. 01:15,76 soniya natija qayd etgan Abdulaziz Xayriddinov esa 3-o‘rinni egalladi.

Ahamiyatli jihati shundaki, yuqorida nomlari tilga olingan uchchala para suzuvchimiz ham final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!