
"Konya-2021". Gandbolchilarimiz bronza medali uchun Kamerun bilan o‘ynaydi
Turkiyada 5-Islom birdamligi o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Kecha gandbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi yarim final uchrashuvida maydonga tushdi. Ozarbayjonga qarshi kechgan bahsda vakilalarimiz 27:40 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi gandbolchilarimiz bronza medali uchun Kamerunga qarshi o‘ynaydi. Vakilalarimizga omad yor bo‘lsin!
Fikrlar