"Ko‘p narsa men uchun yangilik bo‘ldi" - klubi bilan 3 ta sovrin yutgan legionerimizga talabgorlar bor

  • 7 iyun, 2024, 11:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bangladesh chempionatida to‘p surayotgan legionerlarimiz uchun mavsum tugadi va ularga ta’tilga chiqishdi.

Bu mavsumda “Bashuxandra Kings” jamoasi mamlakat chempioni bo‘ldi va boshqa Kuboklarni ham qo‘lga kiritdi. Ushbu klub safida hamyurtlarimiz to‘p surishganini eslatib o‘tish lozim.

Asror G‘ofurov va Bobur Yo‘ldoshev “Bashuxandra Kings”ning sovrinlar qo‘lga kiritishida katta hissa qo‘sha oldilar va ular o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqladilar.

Sports.uz jurnalisti Bobur Yo‘ldoshevga bir qator savollar bilan murojaat qildi.

- Bangladeshda futbol mavsumi yakuniga etdi va chempionlik ham qo‘lga kiritildi. Qanday taassurotlar qoldi?

- Taassurotlar odam ko‘pligi bilan esimda qoldi. Futboli endi rivojlanayotgan davlat. To‘g‘risini aytganda, birinchi marta legioner bo‘lib o‘ynadim. Baribir ko‘p narsalar men uchun yangilik bo‘ldi. Boshqa davlat, boshqa til, boshqacha muhit.

- Bilamizki, sizni jamoangiz Bangladeshda eng yaxshisi. Chempionlik qanday qo‘lga kiritildi? Bu osonroqmi? Ya’ni, raqobatda hech kim bas kela olmayaptimi?

- Ha to‘g‘ri, eng yaxshisi. Albatta, chempionlikni qo‘lga kiritish qiyin bo‘lmadi. Nega deganda, hamma yaxshi futbolchilar yig‘ilgan jamoa edi. Shuning uchun katta qiyinchiliklar bo‘lgani yo‘q.

- Faoliyatingizda ilk bor legioner sifatida chempionlik sovrinini yutdingiz, legioner maqomida. Bu qanday tuyuldi, sizga?

- To‘g‘ri, legioner maqomida birinchisi. Bilmadim, balki oldin menda chempionlik bo‘lganigami, u qadar o‘zgacha tuyg‘u kuzatilmadi. Albatta, jamoa uchun xursand bo‘ldim. Chunki birinchi marta 3 ta Kubokni qo‘lga kiritdi.  

- Keyingi rejangiz biz uchun qiziq. Klubda qolib davom ettirasizmi yoki ketmoqchimisiz?

- Hozircha noma’lum. Chunki murabbiy o‘zgardi. Nima bo‘lishini ko‘ramiz. Taklif bo‘lsa o‘ylab ko‘ramiz, bo‘lmasa boshqa variantlarga qaraymiz.

-  Superligaga qaytish haqida o‘ylamayapsizmi?

- Hozircha, bu haqida bilmadim. Vaqt ko‘rsatadi. Endigina ta’tilga chiqdik. Yurtimizga qaytib kelganman. Hozircha uydaman. Ozgina dam olgandan keyin aniq bo‘ladi. Lekin takliflar bo‘lyapti. O‘ylab ko‘rib, qaror qilaman.

- Hozirgi klubingiz bilan shartnomangiz amalda bormi? Balki legioner sifatida boshqa mamlakatda o‘ynashni istayotgandirsiz...

- Yo‘q, shartnomam tugadi. Boshqa mamlakatlardan ham takliflar bor. Boya aytganimdek, barchasini vaqt ko‘rsatadi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!