Ko‘pchilik tomonidan tanqidga uchrayotgan Messi ettinchi "Oltin to‘p" haqida nimalar dedi?
PSJ hujumchisi Lionel Messi ettinchi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Men juda xursandman. Darhaqiqat, ushbu sovrin uchun nimalar qilganimni inobatga olsak, bu o‘ziga xos mukofot. Argentina terma jamoasida o‘ynaganimni ham qo‘shimcha qilish zarur.
- Bu PSJga o‘tganingizdan keyin birinchi "Oltin to‘p"ingiz. Bu jamoa futbolchisi sifatida sovrin yutish haqida nima deya olasiz?
- Haqiqatan ham o‘zgacha! Bu mening Parijdagi birinchi yilim . Mazkur mukofotni shu erda, uyda, o‘zingiz yashayotgan shaharda olish yoqimli. Men bilan avval bunaqasi bo‘lmagan. Sababi, avval "Barselona"da o‘ynaganman. Shu sababli, bu boshqacha tuyg‘u", - dedi Messi.

Fikrlar