"Ko‘rfaz kubogi"da hakamlarimizning ishtiroki davom etmoqda

Iroqda o‘tkazilayotgan "Ko‘rfaz kubogi"da hakamlarimizning ham ishtiroki davom etmoqda. Bugun ular o‘zlarining ikkinchi uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Musobaqaning 3-turi doirasida "A" guruhi vakillari Iroq - Yaman o‘rtasidagi bahs Ilgiz Tantashev, Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonovga ishonib topshirilgan.

 

Manba: O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!