Ko‘ring, qoyil qolasiz. Buxorodagi Ark maydonida sport tadbiri o‘tkazildi

CHERY AUTO

Joriy hafta yurtimizda “Olimpiya kuni” keng nishonlanadi. 6 iyul sanasiga belgilangan mazkur tadbirga tayyorgarlik allaqachon boshlanib ketdi. Respublikamizning turli hududlarida ushbu kunga bag‘ishlangan ommaviy sport tadbirlari boshlab yuborildi. Bugun Buxorodagi jahonga mashhur Ark qo‘rg‘onida “Olimpiya kuni”ga bag‘ishlangan ommaviy sog‘lomlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Bu haqida MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, Olimpiya harakatini rivojlantirish, Olimpizmning ezgu g‘oyalarini ilgari surish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tadbirda o‘n ming kishi ishtirok etdi.

Ark

Ark1

Ark2

Ark2

Ark3

Ark qo‘rg‘onida jam bo‘lgan qatnashchilar Olimpizm timsolini ifodalovchi 5 xil rangdagi futbolkalarda Olimpiada halqasini shakllantirdilar. Tadbirda, shuningdek, xalqaro musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan buxorolik sportchilar ham ishtirok etishdi.

Sahnada sportning badiiy gimnastika, boks, taekvondo turlari bilan shug‘ullanadigan sportchilar ma’lum shakl asosida harakatlanishdi. Sahna atrofi va halqa uzra Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi hamda davlatimiz bayroqlari joylashtirildi.

Ark5

Ark6

Ark7

Ma’lumot uchun, bu yilgi «Olimpiya kuni» ilk marotaba butun Respublikamiz bo‘ylab umummilliy xalq sayli tarzida nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad – yurtimiz aholisining turli qatlamini, ayniqsa, yoshlarni mana shunday ezgu g‘oya ostida birlashtirish, ularni sportga jalb etishdir. Xalqaro «Olimpiya kuni»ning asosiy tadbirlari 5-6 iyul sanasiga belgilangan bo‘lsa, poytaxtimizdagi bosh tantana 6 iyul kuni «Humo arena» muz sayroyida estradamiz yulduzlarining ishtirokida katta gala-kontsert tarzida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!