"Gannover" futbolchisi koronavirusni yuqtirib oldi
"Gannover" klubining himoyachisi Timo Xyubers koronavirus kasalligiga chalingani ma’lum bo‘ldi.
Ikkinchi Bundesliga klubining xabariga ko‘ra, futbolchi infektsiyani yuqtirib olganidan keyin, jamoadoshlari bilan ko‘rishmagan.
Shuning uchun jamoaning qolgan a’zolariga kasallik yuqmagan deyilmoqda, ammo shunga qaramay, jamoa futbolchilari va murabbiylari mahsus tekshiruvdan o‘tkazildi.
Xyubers hozirda uy karantinidadur. U jamoaning "Dinamo Drezden" klubiga qarshii bahsida ishtirok etmasligi aniq.
Fikrlar