“Koronavirus o‘yinimni izdan chiqardi!”

  • 6 dekabr, 2020, 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba koronavirusning salbiy oqibatlari uning o‘yiniga ta’sir qilganini tan oldi. U yangi mavsum boshlanishidan oldik kasallik bilan kurashgan edi.

Tecno

- Tuzalganimdan keyin ham men tez charchab qoladigan bo‘ldim. Ko‘pincha, nafas etishmay, bo‘g‘ilib qolayotgan edim. Maydonga qaytganimdan keyin birinchi o‘yinda yugura olmadim. Avvalgi formamga qaytish va jismonan tayyor bo‘lish uchun vaqt kerak bo‘ldi, - dedi Pogba.

Joriy mavsumda Pol Pogba 13 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi. Ayni paytda frantsiyalik futbolchining Manchesterni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar ko‘p tarqatilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!