
Koronavirus tarixiy jamoaning "boshini edi"
Slovakiyaning “Jilina” klubi tez orada o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
Klub rahbariyati koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sabab daromad yo‘qligi bois 1 apreldan boshlab faoliyatni tugatishga qaror qilgan.
“Klub futbolchilar sotuvidan kun ko‘rardi. Ammo, bugun ma’lum bo‘lmoqdagi, yozda transferlardan pul ishlab olishimiz nolga teng”, - deyiladi klub bayonotida.
Ta’kidlash kerakki, “Jilina” Slovakiyaning 7 karra chempioni hisoblanadi. Bu borada u Bratislavaning “Slovan” (9) klubidan so‘ng mamlakat tarixidagi 2-jamoa hisoblanadi.
Fikrlar