Koronavirus "Yuventus"ni ham chetlab o‘tmadi

  • 03.10.2020 22:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubida ham koronavirus tarqaldi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, jamoaning ikki nafar xodimi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan. Ularning aynan kim ekanligi aytilmagan, ammo barcha futbolchilar sog‘ ekanligi taxmin qilinmoqda. Jamoa esa karantinga olingan.

Turinliklar 4 oktyabr kuni A Seriya 3-turi doirasida "Napoli"ga qarshi maydonga tushishi kerak edi. Avvalroq neapolliklar tarkibida ham koronavirusga chalinganlar borligi aytilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!