"Ko‘rshapalaklar"ga yangi bosh murabbiy keladi
"Valensiya" klubi rahbariyati Albert Selades iste’foga chiqarilganidan so‘ng, jamoa boshqaruvi uchun yangi murabbiy topib ulgurdi.
Cedane Cer nashri ma’lumotiga ko‘ra, dushanbadan "ko‘rshapalaklar"ni Xavi Garsiya qabul qilib oladi.
Joriy mavsumda ikki marotaba murabbiy almashtirgan "Valensiya" Ispaniya chempionati 37-turidan so‘ng, turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar