Kosta "Atletiko"dan ketmaydi
Madridning "Atletiko" klubi forvardi Diego Kosta mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” rahbariyati 30 yoshli futblchi bilan yuzaga kelgan nizoni bartaraf etgan va shundan so‘ng uni sotib yuborish fikridan qaytgan.
Aniqrog‘i, doimiy tarzda mojarolarga aralashib yuradigan Kostani shaxsan bosh murabbiyi Diego Simeone jamoada olib qolishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 21ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar