Kosta "Liverpul"ga qarshi o‘ynay oladi

  • 12.02.2020 11:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi forvardi Diego Kosta Chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 2019 yilning noyabridan buyon maydonga tushmay kelayotgan futbolchi jarohatidan tuzalgan va u umumiy guruhda shug‘ullanishni boshlagan. Lekin hozircha klub rasmiy sayti bu haqda ma’lum qilgani yo‘q.

Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 2 marta ishg‘ol etdi.

Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” – “Liverpul” bahsi 18 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yini esa 12 mart kuniga rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!