
Koutino APLga qaytmoqda
"Tottenxem" "Barselona" yarim himoyachisi Felippe Koutinoni ijaraga olishga yaqin turibdi.
Ispaniya nashrlari xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi London klubiga o‘tish ishlari yakuniga etish arafasida. "Shporlar" futbolchi uchun "Barselona"ga 10 million evro badal puli va 12 million evro atrofida yillik maoshini to‘laydi.
Ta’kidlanishicha, kataloniyaliklar futbolchini yozda 80-90 million evro evaziga sotib yuborishni rejalashtirishgan edi. Biroq pandemiya sabab hech bir klub 27 yoshli futbolchiga bundan summani to‘lay olmaydi.
Fikrlar