
Koutino “Barsa”ga qarshi maydonga tushib, bor alamini olishi mumkin
Ijara asosida “Bavariya”da o‘ynayotgani “Barselona” pleymeykeri Filippe KoutinoChempionlar ligasining chorak finalida kataloniyaliklarga qarshi maydonga tushishi imkoniyatiga ega.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barsa” rahbarlari futbolchini ijaraga berayotganida xalqaro miqyosda “Bavariya” bilan to‘qnash kelishi mumkinligiga e’tibor qaratmagan va ijara shartnomasiga shunday holatda futbolchi o‘yinga tushmasligi kerakligi to‘g‘risidagi bandni kiritmagan.
Ayni paytda Kingsli Komanning uchrashuvda qatnasha olmasligi aniq bo‘lib ulgurgani bois, Koutinoning maydonga tushish imkoniyati oshgan. Braziliyalik pleymeyker myunxenliklar tarkibida ham yaxshi o‘ynaganini ta’kidlash lozim. U jami 23 ta uchrashuvda sakkizta gol urdi va oltita golli pas uzatdi.
Fikrlar