Koutino “Barsa”ni nokaut qilganidan xursand

  • 15.08.2020 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bavariya”da ijara asosida to‘p surayotgan braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino o‘zini qadriga etmagan “Barselona”ga qaqshatqich zarba berganidan baxtiyor ekanini yashirmayapti.  Myunxenliklar kataloniyaliklarni misli ko‘rilmagan hisob bilan mag‘lub etdi.

75-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Koutino “Barsa” darvozasiga ikkita gol urib, g‘isobni 8:2 bo‘lishini ta’minladi.

- Ikki buyuk klub to‘qnashgan juda muhim uchrashuv. Yarim finalga chiqqanimizdan mamnunman, - dedi Koutino.

Koutino yangi mavsumni qaysi jamoada boshlashi ma’lum emas. Agar Seten boshchiligidagi murabbiylar shtabi iste’foga chiqariladigan bo‘lsa, yangi bosh murabbiy Filippe Koutinoga imkon berishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Aloneray
15/08/2020 19:16
Qaytarish kere!
Javlon Abdullaev
15/08/2020 18:30
G'isobnimi????