Koutino "Bavariya"ga kerakmi yoki yo‘q?

  • 23.05.2020 14:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" klubi direktorlar kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge “Barselona”dan ijaraga olingan yarim himoyachi Filippe Koutino masalasida yakuniy qarorni e’lon qildi.

“Sotib olish muddati o‘tib ketdi, biz undan foydalanganimiz yo‘q. Endi klub yangi mavsum uchun jamoa tarkibini shakllantiradi va shundan so‘ng bizga Koutino kerakmi yoki yo‘q, degan savolga javob topiladi”, - deydi Rummenigge.

Aytish kerakki, myunxenliklarda 27 yoshli braziliyalik futbolchini 120 mln evro evaziga sotib olish huquqi bor edi, ammo ular bundan foydalanishmadi.

Koutino joriy mavsum “Bavariya” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 8 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!