Koutinoni kim oladi? U Angliyada talash bo‘lyapti
“Barselona”ning klubga kerak bo‘lmagan pleymeykeri Koutinoni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar safi tobora kengayib bormoqda.
Braziliyalik yarim himoyachi katta ehtimol bilan faoliyatini Angliyada davom ettiradi. Chunki uning maoshini boshqa mamlakat klublari ko‘tara olmaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Koutinoni ishga joylash bilan “Barselona”ning sobiq sport direktori Raul Sanlei shug‘ullanmoqda. Hozir uning qo‘lida futbolchiga “Chelsi”, “Nyukasl”, “Arsenal” va “Lester” qiziqayotgani haqida ma’lumotlar bor.
“Barselona” Filippe Koutinoning transferi 100 million evro qilib belgilagan va bu summa o‘zgartirilmaydi.



Fikrlar