Kovington: "O‘ylaymanki, u siyosatchi sifatida katta muvaffaqiyatlarga erishadi"

  • 11.12.2023 13:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vazn toifasida (77,1 kg) UFC chempionlik kamari uchun da’vogar Kolbi Kovington sobiq engil vazn (70,3 kg) toifasi chempioni Konor MakGregorning Irlandiya prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘ymoqchi ekanligi haqidagi bayonotiga fikr bildirdi:

Menimcha, Konor ajoyib etakchi bo‘ladi. Unda liderlik va chempionlik fazilatlari bor. U o‘ziga ishonadi va bu, menimcha, eng muhimi. Men Konorni juda hurmat qilaman, chunki u o‘z xalqi haqida qayg‘uradi va ular uchun erkinlikni xohlaydi... O‘ylaymanki, u Irlandiyada siyosatchi sifatida katta muvaffaqiyatlarga erishadi”, — dedi Kovington.

Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni Kovington(17-3) yarim o‘rta vazn toifasida UFC chempioni Leon Edvards(21-3, 1 N/C) bilan jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!