
"Krasnodar" o‘z maydonida "Lokomotiv" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)
Rossiya premer-ligasining 18-turida “Krasnodar” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi.
Evrokuboklarda kurashni davom ettirayotgan yagona rus jamoasi hisoblangan “Krasnodar” bu o‘yinda poytaxtdan tashrif buyurgan “temiryo‘lchilar” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Gollar Viktor Klasson (5'), Remi Kabella (11'), Markus Berg (75', 85') hamda Magomed-Shapi Suleymanov (80') tomonidan kiritildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharxini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar