"Krid 3" filmida bosh qahramonni qaysi mashhur bokschi gavdalantirishini bilasizmi?

  • 12 noyabr, 2019, 18:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘tgan yili “Krid 2” filmi katta ekranlarda namoyish qilingandi. Filmda Rokki qo‘l ostida mashq qiladigan engil vazn toifasidagi yangi jahon chempioni Adonis Krid afsonaviy Ivan Dragoning o‘g‘li Viktor bilan to‘qnashadi. Agar, ushbu kino kartinani  uchinchi seriyasi rejalashtirilgan bo‘lsa, Deontey Uaylder (41-0-1, 40 KO) unda o‘zini sinab ko‘rmoqchi ekanligini bildirdi.

“Aktyorlik - bu mening ishtiyoqim. Hozircha bunga vaqtim bo‘lmadi. Ammo bu sohada endi o‘zimni ko‘rsatadigan vaqt keldi.

"Krid”ning yana bir qismi paydo bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Garchi, ushbu filmning yangi seriyasini yaratilishi mish-mishlar bo‘lsa-da, lekin imkoniyat paydo bo‘lsa, men unda rol ijro etishga tayyorman”- dedi Uaylder.

Bir muncha vaqt Deontey ushbu kinoni navbatdagisini suratga olishda qatnashishi mumkin bo‘lgan bokschilar ro‘yxatida bo‘lgan.

Qolaversa, u filmda ishtirok etish uchun o‘z shartiga ega. Ya’ni u haqiqiy jangdagi kabi raqibini nokautga uchratmoqchi.

“Buni har doim qilganman. Men nokautchiman”-deya qo‘shimcha qildi AQShlik bokschi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!