
Kris Sayborg Bellator va PFL rahbariyatiga murojaat qildi
Bellator bo‘yicha yarim engil vazn toifasi chempioni Kris Sayborg haligacha jangga yozilmaganidan norozi. Shu sababli braziliyalik Bellator va PFL ligasi rahbariyatiga uning uchun jang belgilash iltimosi bilan murojaat qildi.
“Yanvar, fevral, mart, aprel, iyun oyida PFL yoki Bellator da jang o‘tkaza olamanmi? Oktyabrdan beri oktagonda chiqqanim yo‘q, axir. MMA da jangsiz qancha uzoq vaqt qolib ketsam, Larisa Pacheko bilan to‘qnashuvim ham bu yil bo‘lib o‘tish ehtimoli shunchalik kamayib ketadi”, - dedi Sayborg.
Eslatib o‘tamiz, Sayborg o‘zining so‘nggi jangini o‘tgan yilning oktyabr oyida "Bellator 300" turnirida o‘tkazgan va birinchi raundda Ket Zinganoni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Fikrlar