
Krishtianu: Bu faoliyatimdagi eng muhim unvon bo‘ldi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan qo‘lga kiritgan Evropa chempionati unvoni haqida gapirib o‘tdi.
"4 yil oldin biz ajoyib tarixiy kunni boshdan o‘tkazdik. Bu faoliyatimdagi eng muhim unvon bo‘ldi", - deya o‘zining Instagram sahifasida post qoldirdi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, Evro-2016 finalida Portugaliya Frantsiya bilan bahs olib borib, 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar