
Krishtianu Ronaldu "Formula-1"da ishtirok etishi kutilmoqda
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Formula-1" bo‘yicha Saudiya Arabistoni Gran-prisida ishtirok etishi kutilmoqda.
Turnir keyingi dam olish kunlari, ya’ni 17-19 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.
"The Sun" nashrining yozishicha, poygada qatnashish sharti Saudiya klubi bilan tuzilgan shartnomaga kiritilgan bo‘lishi mumkin.
Avval xabar berganimizdek, portugaliyalikning asosiy maoshi yiliga 75 million evroni tashkil etadi. Tijorat to‘lovlari va elchi lavozimidagi daromadlari bilan birga yiliga 200 millionga etadi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu riyodliklar safiga Qatardagi jahon chempionatidan so‘ng kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar