Krishtianu Ronaldu yana bir rekordga yaqin kelmoqda!
Ayni daqiqalarda Evropa Chempionlar Ligasining navbatdagi turidan o‘rin olgan "Yuventus" va "Atletiko" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda.
Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bu portugaliyalik futbolchi uchun Evrokuboklardagi 175-o‘yin bo‘lib xizmat qiladi.
Ronaldu Evrokuboklarda 174 ta bahs o‘tkazgan "Milan"ning sobiq himoyachisi Paolo Maldinini ortda qoldirdi.
"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas (188 ta o‘yin) UEFA ostida kechadigan bellashuvlarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan. Ronaldu mutloq rekordchiga aylanib olishi uchun yana 14 ta uchrashuv o‘tkazishi kerak.
Fikrlar