
Kristian Eriksen Antonio Konteni nimaga majbur qilmoqda?
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Evropa ligasi 1/16 finali doirasida "Ludogorets"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan jamoa holati haqida gapirib o‘tdi.
"Jamoa o‘zini juda yaxsh his qilmoqda. Tarkib bo‘yicha o‘zgarish bo‘ladi, chunki qisqa vaqt ichida bir necha o‘yin o‘tkazishimiz kerak. Bu esa kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilar uchun yaxshi imkoniyat.
Eriksen? Kristian sabab ingliz tilini qayta o‘rganishga majbur bo‘lyapman. Bu uni bezovta qilyapti, biroq aytishim mumkinki, men uchun bu masalada xech qanday muammo yo‘q", - deydi Konte.
Fikrlar