Kristian Eriksen: "Ayaks" bizdan yaxshiroq o‘ynadi
Londonning “Tottenxem” klubi yarim himoyachisi Kristian Eriksen kecha “Ayaks”ga (2:3) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu kulguli o‘yin bo‘ldi. Biz g‘alaba qozonishga harakat qildik, oxir-oqibat o‘ying so‘nggida bizga omad kulib boqdi. “Ayaks” uchun afsusdaman. Chunki ular har ikkala o‘yinni hisobga olganda bizdan yaxshiroq o‘ynashdi”, - deydi daniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, amsterdamliklar Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “shporlar”ni 1:0 hisobida engishgan edi.



Fikrlar