Asosiy mazmunga oʻtish

Kroos "Barselona"ning muammosi aytdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

So‘nggi ikki o‘yinda "Barselona" PSJga va "Sevilya"ga yutqazdi

"Real"ning sobiq futbolchisi Toni Kroos "Barselona"ning muammosiga ishora qildi. Uning fikricha, kataloniyaliklar jamoa charchab bo‘lganida ham o‘z o‘yin uslubidan voz kechmaydi.

 "75-daqiqadan keyin "Barselona"da hamma charchagani ko‘rinadi. Bo‘sh hududlarni yopish uchun o‘yin uslubini o‘zgartirmayotgani ko‘rish mumkin. Agar siz charchagan bo‘lsangiz va shu bilan birga uslubingizni o‘zgartirmasangiz, qanchalik zaif ekanligingiz ayon bo‘ladi!" - deb Kroosning so‘zlarini keltirdi Marca.

So‘nggi ikki o‘yinda "Barselona" PSJga (Chempionlar Ligasida 1:2) va "Sevilya"ga (Ispaniya chempionatida 1:4) yutqazdi. Ikkala holatda ham kataloniyaliklar o‘yinlarni muvaffaqiyatsiz yakunlashdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q