
Kroos: Faoliyatimni "Evro-2024"ga qarab baholamayman
Toni Kroos Chempionlar ligasidan so‘ng "Evro-2024"da ham zafar quchishni istaydi.
"Bu klubdagi faoliyatimni yakulashning o‘ziga xos usuli. Bundan yaxshirog‘ini orzu qila olmasdim. O‘sha kunda muxlislarning iliqligi va qo‘llab-quvvatlashini his qildim.
Albatta, yozda "Evro"da g‘alaba qozonish kareram uchun mukammal yakun bo‘lardi. Biroq men realistman va bu oson bo‘lmasligini bilaman. Butun faoliyatimni mazkur turnir qanday o‘tishiga qarab baholamayman.
Shu bilan birga, muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonish naqadar o‘zgacha bo‘lishini tushunaman. Biroq bu amalga oshishi uchun birlashishimiz kerak. Biz qadamma-qadam olg‘a borishimiz kerak", - dedi Kroos.
Fikrlar