Kroos Messi va Ronalduning qaroriga munosabat bildirdi

  • 6 avgust, 2024, 17:10
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toni Kroos Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning futbolchilik faoliyatini davom ettirish qarorini yuqori baholadi.

- Ular faoliyati davomida muvaffaqiyatga odatlanib qolishgan. Ikkisi ham o‘z davrining cho‘qqisida faoliyatini yakunlamaslikka qaror qildi. Barcha futbolchilarning 95 foizi - futboldan ko‘proq zavq olishga qaror qilishdi va bu yaxshi.

Agar ular bundan mamnun bo‘lsa, unda hammasi ajoyib. Biroq, shunisi ham ko‘rinib turibdiki, masalan, Krishtianuning o‘yini hech qachon "Real"dagidek yaxshi ko‘rsatkichlarni bermadi. Ishonchim komilki, u ham vaziyatni xuddi shunday baholaydi, - dedi madridliklarning sobiq yarim himoyachisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!