
Kroos o‘zi bilan o‘ynagan eng yaxshi darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchilar kim ekanligini aytdi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos o‘z bilan bir jamoada o‘ynagan barcha pozitsiyalardagi eng yaxshi futbolchilarni kim ekanligini aytdi.
“Bu savolga javob berish juda qiyin. Men Manuel Noyer, Serxio Ramos, Luka Modrich va Krishtianu Ronalduni nomlarini keltirgan bo‘lardim", - dedi Kroos.
Eslatib o‘tamiz, Kroos 2014 yilning yozida "Real Madrid"ga o‘tishdan oldin "Bavariya" sharafini himoya qilgan. Yarim himoyachi nemis klubi bilan bir necha marta Bundesliga, shuningdek, 2013 yilda Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.
Fikrlar