Kroos "Real" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin!

  • 1 yanvar, 2024, 22:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toni Kroos yaqin orada "Real Madrid" bilan shartnomasini uzaytiradi. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan o‘yin vaqti kafolatini olgan.

Manbaga ko‘ra, Kroos yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki mavsumga shartnoma imzolaydi. 4 yanvar kuni Toni o‘zining 34 yoshini nishonlaydi. Avvalroq futbolchi faoliyatini "qirollik klubi"da yakunlash istagi borligi haqida bir necha bor gapirgan.

2023/2024 yilgi mavsumda Kroos 23 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!